Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA

 IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA.

Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi 6-Chiyal saylov okrugi deputati M.Nurqobilova tuman hokimligi mas’ullari hamda Kengashning doimiy komissiyasi a’zolari ishtirokida hududda ijtimoiy himoya tizimi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati fuqarolar bilan bevosita muloqot asosida tahlil qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarga "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘RQ-139-son Qonun mazmun-mohiyati, unda belgilangan bola huquqlari, ularni himoya qilish kafolatlari hamda mazkur qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Bunday o‘rganishlar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish, fuqarolarning murojaatlarini joyida hal etish hamda qonunlar ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 3