Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“G‘ishtli masjid” mahallasida xotin-qizlarni himoya qilish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehkanov tomonidan “G‘ishtli masjid” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli G.Toshmatovaning faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli G.Toshmatova tomonidan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilaviy nizolarning oldini olish, ehtiyojmand ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga huquqiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Jumladan, hisobot davrida:

4 ta ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgan;

2 nafar xotin-qizga profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtirilgan;

️16 nafar xotin-qizga Qo‘qon shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda huquqiy yordam ko‘rsatilgan;

29 nafar ehtiyojmand xotin-qizga moddiy yordam ajratilgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida xotin-qizlarning qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, huquqiy himoya mexanizmlari hamda ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlariga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3