Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
"Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi" mahalla sari: "Shifokor" mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy holat va bandlik masalalari tahlil qilindi!

“Yangi O‘zbekiston qiyofasi” g‘oyasi asosida mahallalarda obodonlik, farovonlik va aholi uchun munosib shart-sharoitlarni ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda kambag‘allikni tizimli qisqartirishga qaratilgan amaliy ishlar deputatlik nazorati orqali izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar Kengashning 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasova okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida bo‘ldilar.

Mas’ullar mahalla faollari ishtirokida hududdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holatni atroflicha muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida "Shifokor" mahallasini har tomonlama namunali, rivojlangan va yangi muhitga ega maskanga aylantirish bo‘yicha quyidagi muhim yo‘nalishlar belgilab olindi, xususan:

• Manzilli tahlil va tayanch nuqtalari: Mahalladagi har bir ishsiz fuqaro va kam daromadli xonadon kesimida alohida o‘rganish o‘tkazish, ularga shunchaki yordam emas, balki barqaror daromad keltiruvchi manbalarni yaratish;

• Bandlikning yangi imkoniyatlari: Ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni bozorda talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish, bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish;

• Tadbirkorlik va tomorqa daromadi: Hokim yordamchisi va mas’ullar ko‘magida imtiyozli kredit hamda subsidiyalar ajratish orqali kichik biznes va o‘zini o‘zi band qilish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash.

Muloqot chog‘ida deputatlar va mas’ullar "Shifokor" mahallasini tuman/shahar miqyosida har tomonlama rivojlangan, kambag‘allikdan xoli va aholi uchun barcha sharoitlar yaratilgan namunali hududga aylantirish bo‘yicha vazifalarni belgilab oldilar.
Slide 1 of 1