Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
QURILISH LOYIHALARI - NATIJA VA QULAYLIK SARI

Bo‘zatov tumanida hududlarni zamonaviy qiyofaga keltirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.
Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi deputatlari tomonidan Bo‘zatov tumani Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limida amalga oshirilayotgan ishlar yaqindan o‘rganildi.
O‘rganish davomida tumanda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish loyihalarining borishi, belgilangan vazifalar ijrosi, ishlar sifati hamda ularning aholi hayotiga ta’siriga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlar mutasaddilar bilan muloqot davomida loyihalarni amalga oshirishda sifat, muddat va aholi manfaati ustuvor bo‘lishi zarurligini ta’kidladilar. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish va belgilangan ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
E’tiborli jihati - har bir amalga oshirilayotgan loyiha ortida aholi uchun yaratilayotgan yangi imkoniyat, qulay muhit va obod hudud mujassam.
Deputatlar tomonidan hududlardagi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2