Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, fuqarolarning bandligini ta’minlash, doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalladagi “yettilik” vakillari bilan hamkorlikda xonadonbay o‘rganishlar olib borilishi, ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromadlarini oshirish hamda mavjud muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida ayrim fuqarolarning doimiy ish bilan ta’minlanmagani hamda kasb-hunar egallash va tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun amaliy ko‘makka ehtiyoji mavjudligi aniqlandi. Mazkur muammolarni hal etish yuzasidan mahalla “yettiligi” bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish va fuqarolarni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1