Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Kengashning 2026-yil 30-iyundagi VII-28-72-5-76-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, 4- va 7-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurilib, inklyuziv ta’lim olayotgan o‘quvchilarning maktab hududida erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida qurilgan panduslar holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur chora-tadbirlar nogironligi bo‘lgan va alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning ta’lim olishi va maktab muhitida erkin harakatlanishini ta’minlashga qaratilgan.

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi tomonidan bu boradagi ishlarning ijrosi va samaradorligi yuzasidan o‘rganishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3