Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“Takiya ota” ziyoratgohidagi infratuzilma ishlari o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #nazorat_tahlil
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

“Takiya ota” ziyoratgohidagi infratuzilma ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 3-“Takiya” saylov okrugidan saylangan deputat A. Abdinazarovning saylov okrugidagi “Takiya” mahallasida joylashgan “Takiya ota” ziyoratgohida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-386-son qarori asosida rejalashtirilgan “Takiya ota” ziyoratgohini zarur infratuzilma bilan ta’minlash loyihasi ijrosi doirasida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida ziyoratgoh hududida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yo‘l-transport sharoitlarini yaxshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, loyiha doirasida belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi, bajarilgan ishlar va mavjud muammolar o‘rganilib, ziyoratgohni zamonaviy va qulay maskanga aylantirish, hududning sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2