Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Inklyuziv ta’lim — e’tibor va imkoniyatlar uyg‘unligi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari #partiya_guruhlari

Inklyuziv ta’lim — e’tibor va imkoniyatlar uyg‘unligi

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, “3-Istirohat” saylov okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich tomonidan 236-sonli umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim uchun yaratilayotgan sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🧠 O‘rganish davomida maktabda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim olish imkoniyatlari hamda mavjud ehtiyojlar bilan yaqindan tanishildi. Inklyuziv ta’limni rivojlantirish — har bir bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning jamiyatga to‘laqonli integratsiyalashuvi va kelajagi uchun teng imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyatga ega.

📁 O‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyasi asosida tashkil etilib, unda Kengash kotibiyati, ekspert guruhi a’zolari, mahalla faollari hamda maktab rahbariyati ishtirok etdi.

📈 Bu kabi tashabbuslar deputatlarning saylovchilar manfaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganishi, ijtimoiy soha obyektlarini qo‘llab-quvvatlashi va aholining ehtiyojlarini amaliy jihatdan hal etishga intilayotganining yorqin ifodasidir.

📇 Zero, inklyuziv ta’lim uchun yaratilgan har bir qulay sharoit — bolalarning bugungi ta’limi va ertangi kelajagiga kiritilgan muhim sarmoyadir.

Slide 1 of 5