Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tumanning “Kichiksoy” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim F.Tursunaliyevning faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

🔻O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularning ehtiyoj va muammolarini o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib zarur ijtimoiy xizmat va yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

🔻Ayni vaqtda mahallada “Ijtimoiy himoya reyestri”ga mahalladan 14 ta oila kiritilgan bo‘lib, ushbu oilalarning har biri bilan manzilli ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy holati, mavjud muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish asosida ularga tegishli ko‘mak choralarini belgilash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔻Deputat tomonidan ijtimoiy himoya masalalarida faqat bir martalik yordam ko‘rsatish bilan cheklanib qolmasdan, oilalarning muammolarini keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan manzilli choralarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🔻Shuningdek, ijtimoiy xodimga reestrga kiritilgan har bir oila bilan individual ishlash, ularning murojaat va ehtiyojlarini muntazam o‘rganib borish, zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1