Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Xamrakulov Doniyor Toxirovich tomonidan Bag‘dod tumani hokimining o‘rinbosari U.Yigitaliyevga 73-ds-287-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

📊 Deputat so‘rovida Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish yuzasidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borilgani qayd etildi.

🔴O‘rganish davomida Do‘stlik MFY hududidagi Navro‘z ko‘chasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida 3.4 — “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan” yo‘l belgisini o‘rnatish zarurati mavjudligi aniqlandi.

🔴Mazkur ko‘chada yuk avtomobillarining harakatlanishi piyodalar, ayniqsa, bolalar va keksa yoshdagi fuqarolar uchun noqulaylik hamda xavf tug‘dirayotganligi qayd etilib, ushbu hududda tegishli yo‘l belgisini o‘rnatish orqali harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadga muvofiqligi bildirildi.

🔴Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasiga muvofiq, deputat so‘rovida Do‘stlik MFY hududidagi Navro‘z ko‘chasiga 3.4 — “Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan” yo‘l belgisini o‘rnatish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Slide 1 of 1