Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi

Hududdagi madaniyat muassasalari va muzeylar, kutubxonalar holati o'rganildi

📚 MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati B. Baxovadinov tomonidan “O‘rtaovul” MFY hududida joylashgan 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasining faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida kutubxona fondining holati, mavjud badiiy adabiyotlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining saqlanishi, ularning o‘quvchilar uchun foydalanish imkoniyati hamda kutubxonadan foydalanish samaradorligi ko‘zdan kechirildi.

📖 Shuningdek, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni muntazam mutolaa qilishga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kutubxona fondini yangi, zamonaviy va mazmunan boy adabiyotlar bilan muntazam to‘ldirib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish davomida maktab kutubxonasining o‘quvchilarning ma’naviy-intellektual rivojlanishi, dunyoqarashini kengaytirish va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi muhim o‘rni ta’kidlandi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.


✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 5