Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
FUQAROLAR MUROJAATI IJROSI TA’MINLANDI

FUQAROLAR MUROJAATI IJROSI TA’MINLANDI

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputatlari N.Xaitqulov va B.Baxovadinov tomonidan “Darxan” MFY raisi hamda O‘rta Chirchiq tuman Elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi Sh.Bayjigitov bilan hamkorlikda mahalla hududida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolarning elektr energiyasi ta’minotidagi kuchlanishning pastligi bilan bog‘liq murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilgan edi.

🔹O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan elektr ta’minotidagi kuchlanishning pastligi sababli yuzaga kelayotgan noqulayliklar bildirilib, mazkur masala deputatning “Ko‘chama-ko‘cha fuqarolar murojaatlarini o‘rganish daftari”ga belgilangan tartibda qayd etilgan va deputatlik nazoratiga olingan edi.

✅ Olib borilgan amaliy ishlar natijasida fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masala o‘z yechimini topdi. Mahalladagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo bartaraf etilib, elektr energiyasi kuchlanishini me’yorlashtirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

📌 Murojaat ijrosining ta’minlanganligi joyiga chiqib o‘rganilib, fuqarolarning murojaati bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilgani nazorat qilindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3