Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
8 OYLIK FAOLIYAT: DEPUTATLAR SAYLOVCHILAR BILAN MULOQOTDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning 8 oyi davomida saylovchilar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berishga alohida e’tibor qaratildi.
🏘 Saylovchilar oldida axborot berish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri.
2026-yilning dastlabki 8 oyi davomida deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari va axborot berish holati monitoring qilinib, 25 ta saylov okrugi bo‘yicha deputatlarning faoliyati tahlil qilindi.
📌 Monitoring natijalariga ko‘ra, deputatlar tomonidan:
🔹 12 ta — 1-chorak davomida;
🔹 15 ta — 2-chorak davomida
saylovchilar oldida axborot berish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazilgan va tegishli ma’lumotlar taqdim etilgan.
🤝 Ushbu uchrashuvlarda deputatlar tomonidan saylovchilarning murojaatlari, taklif va muammolari o‘rganilib, hududlarni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar, yo‘l va infratuzilma, ko‘p qavatli uylar, hududlarni yoritish, chiqindilarni olib chiqish hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
📝 Saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish orqali deputatlar o‘z faoliyati yuzasidan hisobot bermoqda, aholini qiynayotgan masalalarni aniqlab, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda.
Ochiq muloqot — samarali deputatlik faoliyatining muhim mezoni.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi tomonidan deputatlarning saylovchilar bilan ishlashi, axborot berishi va aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Saylovchi bilan muloqot — xalq vakilining asosiy vazifalaridan biridir!