Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
🤝 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-“G‘ambur” saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tomonidan “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan Axborot-kutubxona markaziga tashrif amalga oshirildi.

📖 Tashrif davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ–419-son Qonuni talablari yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish o‘tkazilib, markaz xodimlari bilan suhbat tashkil etildi.

🔎 Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonunchilik talablariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Shuningdek, xodimlarning fikr va takliflari tinglanib, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish yuzasidan fikr almashildi.

⚖️ Korrupsiyaga qarshi kurashish — nafaqat davlat idoralari, balki jamiyatning har bir a’zosidan mas’uliyat va hushyorlikni talab etadigan muhim vazifadir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4