Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#deputat_vazifalaridan
📍 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

🤝 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 5-Guliston–Galaguzar saylov okrugi deputati O. Umarov tomonidan “Galaguzar” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammo, murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan ochiq va samimiy fikr almashildi.

📋 Shuningdek, saylovchilarni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganilib, ularning yechimini topish, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish belgilab olindi.

👥 Uchrashuv davomida aholining fikr va takliflari deputatlar faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishi, fuqarolar bilan muntazam muloqot olib borish orqali hududdagi dolzarb masalalarga amaliy yechim topish muhimligi ta’kidlandi.

🌿 Saylovchilar bilan bevosita muloqot — xalq manfaatlarini o‘rganish va muammolarga amaliy yechim topishning muhim vositasidir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4