Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI YANADA BOYITILDI

#Deputatlik_nazorati #162_ta_eng_muhim_qonun #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️BOLALAR QUVONCHI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR — MAHALLADAGI O‘YIN MAYDONCHASI YANADA BOYITILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tashabbusi bilan “Qashqar” va “Matonat” mahallalari hududidagi Markaz-5, 69-uy oldida joylashgan bolalar maydonchasi yangi o‘yin jihozlari bilan to‘ldirildi.

🔺 Amalga oshirilgan tashabbus natijasida hududdagi bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, ochiq havoda o‘ynashi va maroqli hordiq chiqarishi uchun mavjud imkoniyatlar yanada kengaydi. Yangi o‘yin jihozlari, ayniqsa, shu hududda istiqomat qilayotgan bolajonlar va ularning ota-onalari uchun quvonchli yangilik bo‘ldi.

📁 Mazkur tashabbus mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — mahallalarda bolalar uchun mavjud maydonchalar va ularning jihozlari holatiga e’tibor qaratish, yosh avlod uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash vazifalari bilan hamohangdir.

🤝 Nigora Eshmetovaning tashabbusi mahalla aholisi manfaatlaridan kelib chiqib, bolalar uchun yanada qulay va mazmunli hordiq chiqarish muhitini yaratishga qaratildi. Bu kabi ishlar hududlarda aholi ehtiyojlarini o‘rganib, ularni amaliy tashabbuslar bilan qo‘llab-quvvatlashning muhim namunasi hisoblanadi.

📋 Mahalla aholisi tomonidan bolalar maydonchasini yangi o‘yin jihozlari bilan boyitishga ko‘maklashgan deputat Nigora Eshmetovaga, shuningdek, tashabbusni amalga oshirishda faollik ko‘rsatgan mahalla faoli Guljahon Boyqobilovaga minnatdorlik bildirildi.

💡 Bolalarning quvonchi — mahallaning quvonchi. Ularning sog‘lom ulg‘ayishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va xavfsiz muhitda hordiq chiqarishi uchun yaratilayotgan har bir sharoit kelajak avlodga qaratilgan e’tiborning amaliy ifodasidir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6