Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
✅ DEPUTATNING HUQUQLARI — NAZORAT VA TASHABBUS IMKONIYATI

2-qism. Deputatning asosiy huquqlari

✅ DEPUTATNING HUQUQLARI — NAZORAT VA TASHABBUS IMKONIYATI

✅ Qonun deputatga Kengash faoliyatida faol ishtirok etishi uchun keng huquqlar beradi.

✅ Deputat Kengash majlislarida ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqiga ega. U doimiy va vaqtinchalik komissiyalarga saylanish va saylanish, Kengash majlisiga masalalar taklif etish, kun tartibi va muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirish huquqiga ega.

✅ Shuningdek, deputat majlislarda munozaralarda ishtirok etishi, ma’ruzachilarga savollar berishi, deputat so‘rovi bilan murojaat qilishi hamda o‘z takliflarini asoslab berishi mumkin.

✅ Eng muhim jihatlardan biri — deputat qonunlarning ijro etilishi va Kengash qarorlarining bajarilishini tekshirish masalasini ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish huquqiga ega. Shuningdek, saylovchilar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va siyosiy partiya tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi mumkin.

✅ Bu huquqlar deputatga o‘z hududidagi muammolarni shunchaki eshitib qolmasdan, ularni Kengash darajasida ko‘tarish va yechimiga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi.

Slide 1 of 1