Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun – ochiqlik va shaffoflik kafolati

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 1-dekabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2021-yil 12-martda ma’qullangan.

Mazkur Qonun davlat xaridlarini amalga oshirishda ochiqlik, shaffoflik, adolat, raqobat va samaradorlik tamoyillarini ta’minlashga xizmat qiladi. Qonunda davlat buyurtmachilarining huquq va majburiyatlari, xaridlarni rejalashtirish, o‘tkazish hamda nazorat qilish tartiblari aniq belgilab berilgan.

Qonunning asosiy maqsadi – davlat byudjeti mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, tadbirkorlik subyektlari uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishdan iborat.

Bugungi kunda mazkur Qonun talablariga qat’iy rioya etish davlat xaridlari tizimining shaffofligini ta’minlash, moliyaviy intizomni mustahkamlash va davlat mablag‘laridan samarali foydalanishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

✅ Qonunga rioya qilish – shaffof boshqaruv va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi samarali davlat xaridlarining muhim kafolatidir.