Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH

TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qarori transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tizimini amaliy jihatdan ta’minlashga qaratilgan.

📌 Majburiy sug‘urtaning asosiy maqsadi
— yo‘l-transport hodisasi natijasida boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan hollarda qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu zararlarni qoplashni ta’minlashdan iborat.
🔹 Transport vositalari egalari belgilangan tartibda fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalashi;
🔹 sug‘urta hodisasi yuz berganda zarar ko‘rgan shaxslarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
🔹 sug‘urta tovonlarini belgilangan tartibda to‘lash mexanizmlarini ta’minlash mazkur tizimning muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

🚘 Har bir transport vositasi egasi o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish talablarini bilishi va ularga rioya qilishi muhim.

⚖️ Qonunchilikni bilish — o‘z huquq va majburiyatlaringizni to‘g‘ri anglashning muhim shartidir.