Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA

AHOLI MUAMMOLARI XONADONBAY O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zosi tomonidan mahalla hududida aholi muammolarini xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ular bilan bevosita va ochiq muloqot qilindi. Suhbatlar davomida aholining ijtimoiy-maishiy sharoiti, bandligi, daromad manbalari, mavjud muammolari, murojaatlari hamda takliflari atroflicha o‘rganildi.

🔎 Xonadonbay o‘rganish jarayonida:

▪️ fuqarolarni qiynayotgan muammolar tinglandi;

▪️ ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan oilalar holati o‘rganildi;

▪️ bandlik va daromad manbalari bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi;

▪️ muammoli oilalar va alohida e’tibor talab qiladigan xonadonlar aniqlandi;

▪️ fuqarolarning taklif va tashabbuslari qayd etildi.

Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Bunday xonadonbay o‘rganishlar aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash, fuqarolarni bevosita eshitish va mavjud masalalarga manzilli hamda amaliy yechim topish imkonini beradi.

📌 Xonadonbay o‘rganish — muammoni joyida ko‘rish, fuqaroni eshitish va uning yechimiga amaliy ko‘mak berishning muhim shaklidir.

Slide 1 of 3