Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
QONUNCHILIKNI BILISH — HUQUQIY MADANIYAT ASOSI

 QONUNCHILIKNI BILISH — HUQUQIY MADANIYAT ASOSI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, rasmiy e’lon qilish, ularning yuridik kuchi va amal qilish tartibini belgilovchi muhim huquqiy hujjatlardan biridir.

Mazkur qonunning yangi tahriri 2021-yil 20-aprelda O‘RQ-682-son bilan qabul qilingan bo‘lib, normativ-huquqiy hujjatlar ijodkorligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

📌 Qonunning asosiy maqsadi:
🔹 normativ-huquqiy hujjat tushunchasi va turlarini belgilash;
🔹 ularning o‘zaro yuridik kuchi va nisbatini aniqlash;
🔹 hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlarini tartibga solish;
🔹 qonunchilikni tizimli va izchil rivojlantirishni ta’minlashdan iborat.

⚖️ Normativ-huquqiy hujjatlar tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik va idoralarning hujjatlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari kiradi.

📖 Qonunchilikni bilish — o‘z huquq va majburiyatlarini anglash, qonun ustuvorligini ta’minlash va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishning muhim shartidir.