Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
TUMAN ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

TUMAN ADLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish hamda deputatlik nazoratini amalga oshirish yuzasidan Termiz tuman Adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan mas’ullarning ma’lumotlari tinglandi.

O‘rganish davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, xususan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”

Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 9-aprelda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2024-yil 21-iyunda ma’qullangan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 6