Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#Okrugda_o‘rganish #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla

#Okrugda_o‘rganish
#Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla  

“Gilambob” mahallasini “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga moslashtirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati Poyon Bakirov hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlona Ra’no ishtirokida “Gilambob” mahallasida hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi bilan muloqot qilish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida mahalla hududini “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga mos ravishda obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash, ko‘chalar va piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, hududdagi piyodalar yo‘laklari ko‘zdan kechirilib, 1 kilometr masofada piyodalar yo‘lakchasi qurilgani, shuningdek, mahalla hududida 498 ta elektr ustuni o‘rnatilgani qayd etildi.
Bundan tashqari, “Gilambob” mahallasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida 30 kilometr masofaga suv tarmoqlari tortilgani hamda buning natijasida aholiga qulayliklar yaratilayotgani ta’kidlandi.

Qurilish va obodonlashtirish ishlari
O‘rganish davomida mahalla hududida barpo etilayotgan suv inshootlari hamda boshqa obyektlarda olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Aholi bilan yuzma-yuz muloqot
Deputatlar tomonidan mahalladagi xonadonlarga kirib, aholi bilan bevosita muloqotlar ham o‘tkazildi. Suhbatlar davomida fuqarolarning mavjud muammolari, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, kambag‘allikdan chiqarish, xonadonlar va tutash hududlarni obodonlashtirish masalalari o‘rganildi.

Slide 1 of 1