Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Mulk va raqobat sohasi
#qonunchilikdagi_yangiliklar #162_ta_eng_muhim_qonun #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Mulk va raqobat sohasi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Majid Toxirovga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida mulk va raqobat sohasiga oid quyidagi muhim qonun hujjatlari biriktirilgan:

📝 “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

📆 O‘RQ-336 | 24.09.2012

📝 “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

📆 152-XII | 31.10.1990

📝 “Reklama to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

📆 O‘RQ-776 | 07.06.2022

📝 “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

📆 O‘RQ-907 | 14.02.2024

📝 O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi VII, XI, XII, XIII va XVI¹ boblar — mulkka tajovuz qiluvchi, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, kommunal xizmat va obodonlashtirish, savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish va qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq ma’muriy javobgarlik masalalari.

⚖️ Mazkur qonun hujjatlari deputat tomonidan doimiy komissiya faoliyati doirasida chuqur o‘rganilib, ularning hududlardagi ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, xususiy mulk va mulkdorlar huquqlarini himoya qilish, davlat mulkidan samarali foydalanish va xususiylashtirish jarayonlarini o‘rganish, sog‘lom raqobat hamda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1