Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
"Bo‘ston" mahallasida hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkorlik boshlagan xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi!

Aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish — bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilayotgan topshiriqlarning joylarda amaliy ijrosini ta’minlash va ajratilayotgan kreditlar samaradorligini tahlil qilish maqsadida Termiz shahrida amaliy uchrashuv va muloqotlar izchil davom ettirilmoqda.

Mahalla faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng, xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov hamda Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova okrugiga qarashli “Bo‘ston” mahallasida hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkorlik boshlagan xotin-qizlar faoliyati o‘rganildi

Muvaffaqiyatli tajribalar va xonadonlar tahlili:

G.Abdullayeva — mahalla hokim yordamchisi tavsiyasi asosida 15 million so‘m imtiyozli kredit olib, xonadonida tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda ushbu faoliyat oila uchun barqaror daromad manbaiga aylangan.

G.Xolturayeva esa 16 million 700 ming so‘m imtiyozli kredit hisobidan zamonaviy tikuv mashinalari xarid qilib, tikuvchilik faoliyatini kengaytirgan. Natijada aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati oshgan.

Muhimi, bu mablag‘lar shunchaki kredit emas — xonadonlarda daromad, bandlik va yangi imkoniyatga aylanmoqda.

O‘rganishlar davomida mas’ullar ushbu xotin-qizlarning shijoati va mehnatsevarligini e’tirof etib, ularning faoliyatini yanada kengaytirish, mahsulotlarini sotish va yangi uskunalar xarid qilishda ko‘maklashish bo‘yicha tegishli tavsiya berishdi.

"Bo‘ston" mahallasida ehtiyojmand oilalarni va ishsiz xotin-qizlarni daromadli mehnatga jalb qilish hamda imtiyozli kreditlar samaradorligini tahlil qilish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 2