Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Har bir xonadon — e’tiborda: “Bo‘ston” mahallasida bandlik va daromad masalalari muhokama qilindi
Aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish — bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilayotgan topshiriqlarning joylarda ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahrida amaliy uchrashuv va muloqotlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov hamda Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova okrugiga qarashli “Bo‘ston” mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda asosiy e’tibor — har bir xonadonning muammosini manzilli o‘rganish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali aholi daromadlarini oshirishga qaratildi. Xususan:

“Xonadonbay” o‘rganish orqali ehtiyojmand, kam daromadli va vaqtincha ishsiz oilalarning real holatini aniqlash, ularni “Ijtimoiy reyestr”dagi ma’lumotlar bilan muvofiqlashtirib borish;

Bandlik va kasb-hunarga o‘qitish — ishsiz fuqarolarni, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, zamonaviy kasb va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatish;

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — biznes g‘oyasiga ega ehtiyojmand fuqarolarga imtiyozli kredit va subsidiyalarni manzilli ajratish orqali barqaror daromad manbalarini yaratish;

“Mahalla yettiligi” hamkorligi — har bir ehtiyojmand oila uchun individual “yo‘l xaritasi” ishlab chiqib, belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash.

Muhimi, masalani aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, har bir murojaat va muammo bo‘yicha aniq yechim hamda mas’ul belgilanmoqda.

Yig‘ilish yakunida “Bo‘ston” mahallasida bandlikni oshirish, aholi daromadlarini ko‘paytirish va kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Maqsad aniq — har bir xonadonning daromadini oshirish, bandlikni ta’minlash va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish orqali mahallada farovon hayot uchun mustahkam zamin yaratish.