Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
DEPUTAT VA YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI O‘RTASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashiga 18-O‘rtaqo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamov Ixtiyor o‘ziga biriktirilgan tashkilotlar bilan yaqindan tanishish va ular faoliyatini o‘rganish doirasida Furqat tumani Yoshlar ishlari agentligida bo‘ldi.

Tashrif davomida agentlik rahbari U. Razzaqov bilan uchrashuv va muloqot o‘tkazilib, bugungi kunda yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud vazifalar hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar xususida fikr almashildi.

Suhbat jarayonida, avvalo, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan manzilli ishlash, murojaatlarini o‘rganish va hal etish, uyushmagan yoshlarni jamiyat hayotiga faol jalb qilish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida deputatlik korpusi va Yoshlar ishlari agentligi o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yoshlarga oid davlat siyosati doirasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, hududdagi yoshlarning muammolarini hamkorlikda o‘rganish va ularga amaliy yechim topish, shuningdek, kelgusida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishib oldilar.

Slide 1 of 1