Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
4-Sanoat saylov okrugida mavjud muammo o‘rganildi

#24_ta_muhim_masala #kotibiyat_mudiri
4-Sanoat saylov okrugida mavjud muammo o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Rahimov hamda tuman Kengashi deputati Bahodirjon Abdulmamatov tomonidan 4-Sanoat saylov okrugida, Navbahor ko‘chasi ko‘chaboshisi ishtirokida hududdagi mavjud muammolar o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida Nurafshon ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi mavjudligi aniqlandi. Mazkur ko‘chaning yo‘l holati ko‘zdan kechirilib, uni ta’mirlash va obodonlashtirish zarurati qayd etildi.
Aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida Nurafshon ko‘chasini ta’mirlash ishlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-son qarori asosida shakllantiriladigan navbatdagi dasturlarga kiritish orqali bosqichma-bosqich amalga oshirish belgilandi.
Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, ko‘chani ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 2