Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Sanoat mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

#162_ta_qonun #kotibiyat_mudiri
Sanoat mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Rahimov hamda tuman Kengashi deputati Bahodirjon Abdulmamatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi yuzasidan Sanoat mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi aholining bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularni imtiyozli kredit va boshqa moliyaviy ko‘maklardan foydalanishga yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va xonadonlarda yangi loyihalarni amalga oshirish, mavjud tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, aholi murojaatlari asosida bandlik va daromad bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholining mehnat salohiyatidan samarali foydalanish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha hokim yordamchisi faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli xulosa va takliflar shakllantirildi.
Aniqlangan masalalar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olinib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 2