Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
KALVAK MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

️Tadbirda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, mahalla kengashi a’zolari hamda profilaktika inspektorlari Mamajonov Amirxon va Botirov Hayotbek ishtirok etdilar.

Muhokama davomida hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini ta’minlash hamda fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, notinch oilalar bilan manzilli ishlash, tungi nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish hamda “Kalvak” mahallasini jinoyatdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla hududidagi xavfsizlikni yanada mustahkamlash maqsadida ko‘chalarga zamonaviy videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, mavjud 20 ta kuzatuv tizimi sonini bosqichma-bosqich oshirish hamda xavfsizlik infratuzilmasini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Muhokama yakunida mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholi osoyishtaligini mustahkamlash borasida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4