Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
TIBBIYOT XIZMATINI RIVOJLANTIRISH VA YANGI ISH O‘RINLARI DEPUTATLIK O‘RGANISHIDA

Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda 23-Chilonzor saylov okrugi hududida deputat E.Yunusovga biriktirilgan loyihalarning ijrosi va istiqbollari o‘rganilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish davomida tibbiyotning travmatologiya yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan “Al-Najot” xususiy klinikasi faoliyati hamda uning faoliyatini kengaytirishga qaratilgan loyiha bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida klinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, mavjud imkoniyatlar, xodimlar bilan ta’minlanganlik holati va kelgusidagi rivojlanish rejalari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda klinikada 12 nafar tibbiyot xodimi faoliyat yuritmoqda. Korxona faoliyatini yanada kengaytirish doirasida yil yakuniga qadar xodimlar sonini 15 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

Bu esa, bir tomondan, aholiga travmatologiya yo‘nalishida sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirsa, ikkinchi tomondan, hududda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Deputatlik o‘rganishi davomida loyihaning belgilangan vazifalari, mavjud muammolar va faoliyatni kengaytirish imkoniyatlari yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi.

Muhimi, bunday o‘rganishlar joylardagi real holatni baholash, tadbirkorlik subyektlarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan amaliy choralarni belgilash imkonini bermoqda.

Slide 1 of 5