Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Deputatlik nazorati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 23-Chilonzor saylov okrugi deputati Yunusov Erken Azimtayevich hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida Chilonzor mahallasida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida hududdagi issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq masalalar, xususan, iste’molchilarning debitor qarzdorligi holati va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mazkur jarayonda viloyat issiqlik ta’minoti mas’uli Ibrohimov Temurbek hamda Marg‘ilon shahar bo‘limi vakili Usmonov Dilmurod ishtirok etdi.

Mutasaddilar bilan birgalikda issiqlik ta’minoti xizmatlari bo‘yicha shakllangan debitor qarzdorlik holati o‘rganilib, qarzdorlikning kelib chiqish sabablari va uni kamaytirish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Ayniqsa, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar ro‘yxati alohida ko‘rib chiqilib, mazkur toifadagi aholining issiqlik ta’minoti xizmatlaridan foydalanishi hamda mavjud qarzdorlik masalalari bo‘yicha holat tahlil qilindi.

Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, aholiga ko‘rsatilayotgan issiqlik ta’minoti xizmatlari sifatini yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4