Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan fuqarolar murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovida “Aziztepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Avg‘onbog‘” arig‘ining sanitariya va ekologik holatini yaxshilash, ariq o‘zanida suv oqimining erkin harakatlanishini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va obod muhit yaratish maqsadida ariqni tozalash masalasi ko‘tarilgan edi.

Murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan mazkur hududdagi holat o‘rganilib, ariqni tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli choralar belgilangan.

Taqdim etilgan rasmiy javobda “Avg‘onbog‘” arig‘ini tozalash ishlari “So‘x oqtepa” ITB tomonidan joriy yilning sentabr-oktabr oylariga rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, hududdagi ariqning sanitariya holatini yaxshilash, suv oqimini ta’minlash hamda aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish bo‘yicha ishlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi kuzatib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi