Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Fuqarolar qabuli davomida murojaatga amaliy yordam ko‘rsatildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak guzari” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Mazkur qabulni tashkil etishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Qabul davomida Qo‘qon shahar “Kalvak” mahalla fuqarolar yig‘ini Bahmalbof ko‘chasi 160-uyda yashovchi fuqaro Baratova Mohlarhon oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Murojaat yuzasidan fuqaroning tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha imkoniyatlari o‘rganilib, uni qo‘llab-quvvatlash masalasi mahalla mutasaddilari bilan muhokama qilindi.

Natijada “Mahalla yettiligi” hamda hokim yordamchisi X.Zokirov tomonidan fuqaro Baratova Mohlarhonga imtiyozli kredit ajratilishi yuzasidan tavsiyanoma berildi.

Shu tariqa, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni daromad manbai bilan ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi murojaatga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4