Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

#Doimiy_komissiyalar_faoliyati
#Yoshlar_maslaxat_guruhi

🔹 ICHKI YO‘LLARNI SAQLASH VA JORIY TA’MIRLASH ISHLARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, Kengash kotibiyati xodimlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

📋 Yig‘ilish kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qarori ijrosi yuzasidan Rishton tumanida ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatning ijrosi masalasi o‘rin oldi.

Mazkur masala yuzasidan Rishton tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Olimov tomonidan amalga oshirilgan ishlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mavjud muammolar yuzasidan axborot taqdim etildi.

🔎 Axborot doimiy komissiya a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlarining samaradorligi, manzilli ro‘yxatga kiritilgan obyektlarda ishlarning bajarilish holati hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

💬 Muhokamalar yakunida tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, masalani xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

✅Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi

Slide 1 of 1