Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.

Tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘zlari saylangan saylov okruglaridagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar jamoatchilik asosida o‘rganilmoqda. Mazkur o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga puxta va sifatli tayyorgarligini ta’minlash,aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu boradagi ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat.Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrugdagi “Oybek” MFY hududida joylashgan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida maktabning isitish tizimi,qozonxonalari va isitish uskunalarining texnik holati, issiqlik uzatish tarmoqlarining sozligi, tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlar hamda yong‘in xavfsizligi vositalari ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavsumni betalofat o‘tkazish uchun zarur choralarni ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.Deputatlar tomonidan olib borilayotgan mazkur
o‘rganishlar jamoatchilik nazoratining muhim shakli sifatida ijtimoiy soha obyektlarida mavsumiy tayyorgarlik ishlarining amaldagi holatini joyiga chiqqan holda baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularning bartaraf etilishini nazorat qilish imkonini bermoqda.O‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar tegishli mutasaddi tashkilotlarga yetkazilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatilmoqda.
  

Slide 1 of 5