Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Soliyevga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida tumanda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularni tegishli tartibda vasiylik va homiylikka olish, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib sharoit yaratish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Markaz shu’ba mudiri B.Miraxmetovning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda tumanda jami 270 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idagi bolalar mavjud bo‘lib, ularning ijtimoiy holatidan kelib chiqib turli shakldagi parvarish va hamrohlik xizmatlari bilan qamrab olingan.
Jumladan:
142 nafar bola vasiylikda;
113 nafar bola homiylikda;
9 nafar bola patronat tarbiyasida;
6 nafar bola hamrohlik xizmatida;
5 nafar bola oilaviy bolalar uyida tarbiyalanmoqda.

🔻O‘rganish jarayonida mazkur toifadagi bolalarning ijtimoiy himoyasi, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi va ularning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ish tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Vasiylik va homiylikda bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi, sog‘lig‘ini saqlash, ijtimoiy moslashuvi va kelajakda mustaqil hayotga tayyorlanishi bilan bog‘liq masalalar doimiy e’tiborda bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

🔻O‘rganish yakunida mas’ullarga yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan ishlashda manzillilik va tizimlilikni ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq masalalarni doimiy nazoratda ushlash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6