Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan tuman markazining ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga asosan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida ichki yo‘llarning amaldagi holati, belgilangan manzillar bo‘yicha ta’mirlash ishlarining bajarilishi, yo‘l qoplamalarining sifati hamda rejalashtirilgan ishlarning ijrosiga e’tibor qaratildi. Tuman markazida aholi va transport vositalari harakati uchun qulay sharoit yaratish, ichki ko‘chalarning holatini yaxshilash hamda ta’mirtalab yo‘llarni bosqichma-bosqich tartibga keltirish maqsadida manzilli dastur asosida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.

🔵Deputatlik o‘rganishi jarayonida ayrim ko‘chalarda rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangani, yo‘l qoplamalari tartibga keltirilgani ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, ayrim ko‘chalarda ta’mirlash ishlari hali davom etayotgani va belgilangan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilangani qayd etildi.

🔵Tuman markazida ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha deputatlik o‘rganishlari davom ettirilishi, ta’mirlash ishlarining belgilangan tartibda va sifatli yakunlanishi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda nazorat olib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 2