Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Oilaviy shifokorlik punktida dorilar zaxirasi va xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq  O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqov tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatuvchi tumanning “Xumson” mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida tibbiy muassasada mavjud dori vositalari zaxirasi ko‘zdan kechirilib, ularning saqlanishi, mavjudligi hamda aholi ehtiyojidan kelib chiqib ta’minlanganlik holati o‘rganildi. Dori vositalari bilan ta’minlashda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, mavjud zaxiralarni muntazam nazorat qilib borish va ehtiyoj yuqori bo‘lgan preparatlar bo‘yicha o‘z vaqtida chora ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

🔻Deputat tomonidan tibbiy xodimlar bilan suhbatlashilib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemorlarning murojaatlariga e’tiborli munosabatda bo‘lish, profilaktik tibbiy ko‘riklarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, oilaviy shifokorlik punkti aholiga eng yaqin tibbiy muassasa sifatida faoliyat yuritishi inobatga olinib, bu yerda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasini muntazam o‘rganib borish zarurligi qayd etildi.

🔻O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi. Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori vositalari zaxirasini yetarli darajada saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi, aholi murojaatlari va fikr-mulohazalari asosida tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish choralari ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 4