Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Tuman Kengashi qarorlarining huquqiy asoslanganligi bo‘yicha hamkorlik yanada kuchaytiriladi

Tuman Kengashi qarorlarining huquqiy asoslanganligi bo‘yicha hamkorlik yanada kuchaytiriladi

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov, kotibiyat xodimi Z.O‘zbekova, tuman Kengashi deputati S.Majidova hamda tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i N.Mamadiev ishtirokida tuman Kengashi qarorlarining huquqiy asoslanganligi va norma ijodkorligi jarayonlari yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

✅ Yig‘ilish davomida Kengash qarorlari loyihalarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, ularda huquqiy normalarning to‘g‘ri va aniq ifodalanishi, yuqori turuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga havolalarning asoslanganligi hamda qaror loyihalarini ishlab chiqish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartiblariga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Shuningdek, qaror loyihalarini “E-Kengash” elektron tizimi orqali ishlab chiqish, kelishish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish masalalari ham tahlil qilindi. Amaldagi tartibga ko‘ra, Kengash qarorlari loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi va yuridik-texnik jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ Mazkur o‘rganishlardan asosiy maqsad — tuman Kengashi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qonuniyligi, huquqiy asoslanganligi va sifatini ta’minlash, norma ijodkorligi jarayonida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish hamda aholi manfaatlariga xizmat qiladigan puxta huquqiy hujjatlarni shakllantirishdan iborat.

✅ Bu kabi hamkorlikdagi ishlar tuman Kengashi faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlash va qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4