Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI.

Viloyat prokuraturasi ishchi guruhi, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ilhom Mustaramov hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi Qo‘zimurotov Abdusalom Javliyevich hamkorligida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Yuqori Xo‘jaqiya hamda Sharq guli mahallalarida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan ishlar boshlandi.

Jarayon davomida tashkilot va soha rahbarlari, mahalla yettiligi hamda mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Shundan so‘ng xonadonma-xonadon yurilib, oilalarning ijtimoiy sharoiti, mavjud muammolari va imkoniyatlari o‘rganildi. Har bir oilaga individual yondashilgan holda ularni tadbirkorlikka jalb etish, doimiy va mavsumiy bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Asosiy maqsad — har bir oilani daromadli qilish, aholining farovonligini oshirish hamda oilalarni kambag‘allikdan barqaror chiqarishdir.

Slide 1 of 4