Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
NAVBATDAGI SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 17-Yangi hayot saylov okrugi deputati Sadatov Mustafo tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bu boradagi belgilangan talablarning ijrosi hamda mavjud holat yuzasidan mas’ullarning ma’lumotlari tinglandi.

Deputatga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimi Xolmatov Umid tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud vakant ish o‘rinlari hamda ta’lim tizimidagi kadrlar bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sentyabr oyida kadrlar qabuli bo‘yicha joylashtirilganlar soni 105 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, ayni paytda ta’lim tizimida 73 ta vakant ish o‘rni mavjudligi qayd etildi.

Shuningdek, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari ham tahlil qilindi. Jami 1 670 nafar bitiruvchidan 702 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgani ma’lum qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim tizimida ochiqlik va qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3