Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#haftalik_ish_reja_ijrosi #sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #biriktirilgan_tashkilot #162_qonun #Kengash_raisi #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati 💧“Termiz shahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi faoliyati deputatlik nazoratida


🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan deputatlarga biriktirilgan tashkilot va muassasalarda qonun hujjatlari ijrosini o‘rganish, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini tahlil qilish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

⏺Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyas raisi, ekspert guruhi rahabari A.Mustafakulov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirokida "Termiz shahargaz" gaz ta’minoti bo‘limi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

💬O‘rganish davomida korxonaning tashkiliy faoliyati, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi, zamonaviy gaz hisoblagichlarini joriy etish hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan suhbat olib borildi.

💬Shuningdek, korxonada amalga oshirilayotgan ishlar O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi, "Parlament nazorati to‘g‘risida"gi, "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida"gi hamda "Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida"gi qonunlari talablari asosida tahlil qilinib, aholiga sifatli va uzluksiz xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬Nazorat tadbiri davomida gaz ta’minoti tizimida raqamlashtirish jarayonlari, iste’molchilarga yaratilayotgan qulayliklar, zamonaviy hisobga olish uskunalaridan foydalanish hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

💬O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob qaytarish hamda gaz ta’minoti xizmatlari samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

🫥Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan deputatlik nazorati tadbirlari barcha biriktirilgan tashkilotlarda tizimli ravishda davom ettiriladi.