Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Saylovchilar bilan ochiq muloqot



Saylovchilar bilan doimiy va samimiy muloqotda bo‘lish, ularning dardu tashvishlarini eshitish hamda mahalla darajasidagi muammolarga adolatli va tezkor yechim topish — deputatlik faoliyatining bosh mezonidir.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-“Ma’rifat” saylov okrugi deputati A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Ma’rifat” mahallasida bo‘lib, saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqot va uchrashuvni o‘tkazdilar.
Mazkur nazorat-tahlil va muloqot tadbiri Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari doirasida tashkil etildi.
Ochiq va jonli tarzda kechgan uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan turli ijtimoiy-hayotiy masalalar, xususan, hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal ta’minot, ko‘chalarni obodonlashtirish hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq muammolar, amaliy taklif va murojaatlar o‘rtaga tashlandi.
Saylovchilar tomonidan bildirilgan har bir murojaat va konstruktiv taklif e’tibordan chetda qolmaydi:
1. Barcha murakkab va yechimini kutayotgan masalalar deputat A.Mustafakulovning shaxsiy murojaat daftariga batafsil qayd etildi;
2. Murojaatlarning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli shahar mutasaddi tashkilot va idoralariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi belgilab olindi.