Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Huquqiy ma'lumot

#162_ta_qonun
📌 DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNING HUQUQIY ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-537-son “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni davlat va xususiy sektor hamkorligining huquqiy asoslarini belgilaydi.

🤝 DXSh nima?
Davlat-xususiy sheriklik — davlat va xususiy sherikning muayyan muddatga o‘z resurslarini birlashtirib, loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorligidir.

🔹 Asosiy prinsiplar:
• qonun oldida tenglik;
• shaffoflik va xolislik;
• raqobat;
• kamsitmaslik;
• korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.

💼 Xususiy sherikni tanlash:
Odatda tender yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali amalga oshiriladi.
• 1 mln AQSH dollarigacha — bir bosqichli tender;
• 1 mln dollardan ortiq — ikki bosqichli tender.

💰 Davlat ko‘magi:
DXSh loyihalariga subsidiyalar, budjet mablag‘lari, kafolat va kompensatsiyalar, soliq imtiyozlari, kredit va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralari berilishi mumkin.

🏗 Yer va muddat:
Loyiha uchun zarur yer uchastkalari qonunchilikka muvofiq ajratiladi. DXSh bitimi 3 yildan kam va 49 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuziladi.

📊 Shaffoflik:
Loyiha, uning qiymati, hududi, muddati, taraflari va davlat ko‘magi haqidagi asosiy ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi hamda loyiha ijrosi monitoring qilinadi.

📌 Xulosa:
DXSh davlat va xususiy sektor imkoniyatlarini birlashtirib, investitsiyalarni jalb etish, infratuzilmani rivojlantirish va xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

📚 Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-537-son “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 20-Mehrabod saylov okrugi deputati Qodirov Jamshid Hazratqulovich

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1