Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Deputat va saylovchilar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Deputat va saylovchilar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 20-So‘fiyon saylov okrugidan saylangan deputat T.Mirzaev, tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamovalar ishtirokida “Shirin” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, fuqarolarning taklif va mulohazalarini eshitish hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida deputat T.Mirzaev tomonidan saylov okrugi hududida amalga oshirilgan ishlar, aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 7-19- va 34-bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi ijtimoiy va kommunal infratuzilma holati atroflicha o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Xususan, uchrashuvda:

-aholining ichimlik suvi va issiq suv bilan ta’minlanganlik holati;
-elektr energiyasi ta’minoti, energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish va energiya samaradorligini oshirish masalalari;
-tabiiy gaz ta’minoti, shuningdek, chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish holati;
-kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, jumladan, isitish tizimlarining holati;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari va tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi;
-aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, xususan, tez tibbiy yordam faoliyati hamda kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati;
-maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish, ta’lim muassasalarida yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

Uchrashuvda fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, obodonlashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qator taklif va murojaatlar bildirildi.
Bildirilgan murojaat va takliflar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish, zarur hollarda mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish va ijrosini nazoratga olish yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida deputat tomonidan saylovchilar bilan bunday ochiq muloqotlarni muntazam ravishda davom ettirish, aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va ularni hal etishda deputatlik nazorati imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3