Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kotibiyat_xodimi_faoliyati Kengash kotibiyatining haftalik ish rejasi belgilab olindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyatida o‘tgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, hafta davomida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Joriy yilning 2–4-sentabr kunlari amalga oshirilgan ishlar Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov boshchiligida kotibiyat bosh mutaxassislari R.Mamashukurov va A.Temirovlar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Kengash faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari va murojaatlar bilan ishlash, doimiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish, qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, 7–11-sentabr kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi ko‘rib chiqilib, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullar va vazifalar belgilab olindi.

Hafta davomida Kengashning doimiy komissiyalari bilan ishlarni yanada jadallashtirish, deputatlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish hamda aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlarni sifatli tashkil etish belgilandi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul xodimlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya qilish hamda Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.