Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Aholi manfaatlari yo‘lida narx-navo nazoratda

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan tumanda joylashgan savdo komplekslarida narx-navo holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida aholi tomonidan kundalik ehtiyoj uchun xarid qilinadigan oziq-ovqat va boshqa zarur iste’mol mahsulotlarining narxlari, mahsulotlarning mavjudligi hamda savdo nuqtalaridagi holat ko‘zdan kechirildi.

📊 Shuningdek, mahsulotlar narxining asossiz ravishda oshirilishining oldini olish, bozorda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan suhbatlashilib, narxlarni barqaror saqlash, aholiga sifatli va maqbul narxlarda mahsulotlar taklif etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Bunday o‘rganishlar aholining murojaat va takliflarini inobatga olgan holda, iste’mol bozoridagi holatni doimiy monitoring qilish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4