Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
#_munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tor va kengaytirilgan doiradagi muzokaralar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👉Deputat sifatida ta’kidlash joizki, Hindiston bilan aloqalarning yangi bosqichga ko‘tarilishi mamlakatimiz uchun katta iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, 2030-yilgacha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha kelishuvlar ikki tomonlama savdo va investitsiyaviy hamkorlik uchun ulkan istiqbollarni ochmoqda.
🌏Bugungi kunda xalqaro hamkorlikni amaliy natijalar bilan boyitish, yangi qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish va ilg‘or tajribalarni mamlakatimiz hududlariga olib kirish muhim ahamiyatga ega. Ishonamanki, O‘zbekiston va 🌏Hindiston o‘rtasidagi do‘stona va strategik sheriklik bundan buyon ham xalqlarimiz farovonligiga xizmat qiladi.
🌏Bu muzokaralar — o‘zaro manfaat, do‘stlik va taraqqiyotga asoslangan yangi hamkorlik ufqlarining yorqin ifodasidir.

B.Dilliyev, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati