Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oliy Majlis Senati vakili Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Maktablarda ichimlik suvi ta’minoti va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Senator maktab o'quvchilari ota-onalari bilan uchrashdi
янв.21
Hududiy kotibiyatlarda ijro intizomi o'rganildi.
янв.21
Deputatlar va senator uchrashuvi
янв.21
Ezgu Niyat ko‘chasidagi yo‘l muammosi deputat e’tiborida
янв.21
Mahallada bandlik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar o'rganildi.
янв.21
Ta’lim sifati va yoshlar uchun sharoitlar deputat nazoratida
янв.21
Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
янв.21
"Ta’limda hisobot uchun emas, natija uchun ishlash madaniyati qaror topishi zarur"
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashining qarori ijrosi o‘rganildi.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi va samarali sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri Q.O‘tayev hamda tuman Kengashi deputatlari S.Abduvaliyeva va boshqalar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida, avvalo, Kengashning mazkur qarorida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amaldagi ijrosi, qaror asosida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarga muvofiq sarflanayotgani, amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda belgilangan vazifalarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shu bilan birga, qaror ijrosini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan tashkilot va mutasaddilarning vazifalarni bajarish holati ko‘rib chiqilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari tumani Kengashining qarorlari hududda ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma masalalarini hal etishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi inobatga olinib, ularning ijrosini samarali tashkil etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘rganish yakuni bo‘yicha Kengashning VII-33-88-9-127-K/26-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda qaror talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Kelgusida mazkur qaror ijrosining holati Kengashning deputatlik nazorati doirasida muntazam ravishda o‘rganib borilishi belgilandi.

Slide 1 of 5